Lautaro “Inter” bilan yangi shartnoma tuzdi
Sport
−
28 Oktabr 2021
2112“Inter” hujumchisi Lautaro Martines jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, argentinalik futbolchi va “neradzurrilar” o‘rtasidagi yangi kelishuv 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi bugun, 28 oktyabr kuni barcha kerakli hujjatlarga imzo chekkan.
Lautaroning “Inter” bilan avvalgi shartnomasida tovon puli 111 million yevro qilib belgilangan edi. Yangi shartnomada qat’iy to‘lov miqdori yo‘q. Ya’ni futbolchi klubning roziligi bilan boshqa jamoaga transfer qilinishi mumkin. Yaqin kunlarda yangi shartnoma imzolangani to‘g‘risida rasmiy xabar e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 9 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi