Argentina futbol rahbari sud qilinadi

Sport

image

Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Klaudio Tapiyu ijtimoiy ta’minot badallarini to‘lamaganlik ishi bo‘yicha so‘roq qilish uchun chaqirildi. Bu haqda “La Capital” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudya Diyego Amarante Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Klaudio Tapiyu hamda assotsiatsiya xazinachisi Pablo Toviginoni ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lamaganlik bo‘yicha so‘roq qilishga chaqirgan. Shuningdek, ularga mamlakatdan chiqib ketish taqiqi qo‘yilgan.

Tapiyuning so‘roq qilinishi joriy yilning 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Prokuratura uni 13 million AQSH dollaridan ortiq ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lamaganlikda ayblamoqda.

2025 yil dekabr oyida Argentinada futbol assotsiatsiyasi bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi avj oldi. Gumonlar yuqori lavozimli shaxslar – Klaudio Tapiyu, uning yaqin hamkori Pablo Tovigino hamda tashkilotning moliya bo‘yicha o‘rinbosari Lusiano Nakisaga qaratilgan.

Tergov doirasida Pilar shahrida joylashgan 10 gektarlik yer maydoni, undagi vertolyot maydonchasi, ot fermasi va 50 dan ortiq retro avtomobillarga egalik qilish holatlari ham o‘rganilmoqda.

Dekabr oyi o‘rtalarida Argentinaning sobiq xavfsizlik vaziri, senator Patrisiya Bullrich Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasiga murojaat qilib, Tapiyu faoliyatini tekshirishni talab qilgan.

Uning ta’kidlashicha, reklama daromadlarining qanday sarflanayotgani, mahalliy chempionatlarda g‘alaba uchun ajratiladigan mukofot pullari nega Tapiyuning xorijiy safarlari xarajatlaridan kamligi, shuningdek klublarning qarzlarini kim va qanday boshqarayotgani kabi masalalar atroflicha tekshirilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

sud Argentina Klaudio Tapiyu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing