Latviyalik qo‘shiqchi ruslardan kechirim so‘rashini talab qildi

Jamiyat

image

Latviyalik mashhur qo‘shiqchi Layma Vaykule rossiyaliklardan kechirim so‘rashini talab qildi va bunga javoban rossiyalik taniqli prodyuser Jozef Prigojindan qo‘pol javob oldi. Bu haqda "Gazeta.ru"nashri xabar berdi.

Gap shundaki, qo‘shiqchi 2022 yilda Rossiyani tark etganidan so‘ng, mamlakatga nisbatan o‘z tanqidlarini "yog‘dirdi". U tez-tez ruslarga va Rossiya hukumatiga qarshi bayonotlar hamda intervyular bera boshladi. 

Yaqinda qo‘shiqchi agar undan kechirim so‘rasa, Rossiyaga qaytishi va yana chiqishlar qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo Vaykulening bu so‘zlari ko‘pchilikni, shu jumladan, Prigojinning ham g‘azabiga sabab bo‘lgan.

“Kim undan kechirim so‘rashi kerak? Rossiyalik tomoshabinlarmi? Hech kim sizga tegmaydi, baribir siz kimga ham keraksiz? Vaqt allaqachon o‘tyapti, barcha joylariga yangi odamlar, boshqa artistlar keldi. Hech kim sizga tegmayapti, hech kim sizni haqoratlamadi. Rostini aytsam, men kutmagandim. U har doim juda nozik ayol edi, u har doim o‘tkir burchaklardan qochardi, lekin bugun u butunlay o‘zgarib ketdi”, deydi Prigojin.

Prodyuser Layma Vaykule Rossiya siyosatiga aralashayotganidan hayratda ekanligini bildirdi.

“Men bir savol bermoqchiman: siz kimsizki, bizning mamlakatimizga kim nima qilishi kerakligini o‘rgatasiz? Siz kimsiz?” deydi u.

Ma’lumot uchun, Vaykule hozir Latviyaning Riga shahrida yashaydi va ishlaydi. Shuningdek, uning Moskva shahrida ham ikkinchi uyi bor. U 2022 yil fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng mamlakatni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Latviya ruslar Jozef Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing