Latviya o‘zidagi barcha vertolyotlarni Ukrainaga beradi
Olam
−
22 iyun 2023
6267Latviya Bosh vaziri Krishyanis Karinsh Londonda o‘tayotgan Ukrainani tiklash bo‘yicha ikki kunlik konferensiyada nutq so‘zlab, uning mamlakati o‘zida mavjud barcha vertolyotlarni Ukrainaga topshirishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Latviya Ukrainaga allaqachon yalpi ichki mahsulotining 1,3 foizi miqdoridagi harbiy yordamni bergan. Shuningdek, mamlakat endilikda o‘zida bor barcha vertolyotlarni Ukrainaga o‘tkazishni yakunlamoqchi.
Krishyanis Karinsh konferensiyadagi nutqi avvalida Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida qo‘shinlarini to‘plashi fonida 2022 yilning noyabr-dekabr oylaridayoq Ukrainaga Stinger'larni yuborish haqida qaror qabul qilganini ta’kidlagan. Rossiya bosqinidan bir kun avval Kiyevga yetkazib berilgan mazkur qurollar Ukraina tomonidan mudofaani mustahkamlash uchun foydalanilgan.
“O‘sha vaqtdan beri hukumatimiz YAIMning 1,3 foizini tashkil etuvchi barcha turdagi harbiy yordamni Ukrainaga berdi. Shunday qilib, hozirda bizning barcha Stinger raketalarimiz Ukrainada. Bizda vertolyotlar parki bor edi. Ularning barchasi (so‘nggilari foydalanishga yaroqli bo‘lishi va yaxshiroq ko‘rinishi uchun bo‘yalmoqda) Ukrainaga jo‘natilyapti.
Shuningdek, Latviya ukrainalik askarlarni tayyorlash, uni o‘q-dori va dronlar bilan ta’minlashni davom ettirishi ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, hukumat ham, fuqarolik jamiyati ham Ukrainaga tezkor va samarali gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatayotgani aytilgan.
"Shunday ekan, biz xalq sifatida ukrainlarni tushunamiz. Chunki ular nima uchun kurashmoqda? Ular ko‘p narsa uchun jang qilyapti, lekin buni uchta qadriyatga: erkinlik, demokratiya va qonun ustuvorligi bilan bog‘lash mumkin. Biz hammamiz bular haqida gapirmoqdamiz. Barchamiz ozodlik kurashchilarimiz, ammo, do‘stlar, hozir ukrainaliklar ozodlik uchun kurashuvchilar, biz esa ozodlik tarafdorlarimiz”, degan Latviya Bosh vaziri.
Karinsh, shuningdek, Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga to‘liq integratsiya qilish zarurligini ham ta’kidlagan. Bundan tashqari, u Rossiyaning muzlatilgan barcha aktivlari Ukrainani qayta tiklash uchun ishlatilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan hamda Rossiya rahbariyatini sodir etilgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish zarurligini aytgan.
"Shunday ekan, biz hamjihat bo‘lamiz, Ukraina bilan va uning ortida turamiz. Va yakunda biz g‘alaba qozonamiz. Slava Ukraine!" deya so‘zini yakunlaydi Latviya hukumati rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha o‘zida bor barcha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi