Latviya Belarus va Rossiya bilan havo chegaralarini yopdi

Olam

image

Latviyaning Belarus va Rossiya bilan sharqiy chegarasi yaqinidagi havo hududi bugun, 11 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da yopilmoqda. Bu haqda Latviya Mudofaa vaziri Andris Spruds LCM telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, parvoz cheklovlari Polsha havo hududini dronlar buzganidan keyin kiritilgan. Qaror Latviya harbiy qo‘mondonligi qaroridan so‘ng qabul qilingan.

Shuningdek, Spruds hozirda Latviya uchun hech qanday tahdid yo‘qligini, ammo profilaktika choralari zarurligini aytgan. Cheklovlar kamida shu yilning 18 sentyabriga qadar amal qiladi.  Havo hududi mamlakat tashqi chegarasidan 50 kilometrlik chiziq ichida 6 kilometr balandlikkacha yopiladi. Bu balandlik dronlarning qanchalik baland uchishini hisobga olgan holda tanlangan.

“Rossiyaning NATO havo hududidagi uchuvchisiz uchoqlari ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroqdir va biz dron hujumlarining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Sharqiy chegaradagi havo hududining yopilishi hududimizni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi va ruxsat etilmagan uchuvchi ob’ektlarni aniqlashni osonlashtiradi”, deydi vazir

Shuningdek, u Sharqiy quruqlik chegarasini to‘liq yopish haqida qaror ko‘rib chiqilayotganini, ammo buni Estoniya va Litva bilan birgalikda hal qilish kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarini o‘z havo hududiga bostirib kirgani sababli BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya BMT Pol'sha Belarus' Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing