Latakiya va Tartusdagi vaziyat barqarorlashdi – Damashq

Olam

image

O‘tgan haftadan beri xavfsizlik kuchlari va alaviy jangari guruhlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan Suriyaning Latakiya va Tartus viloyatlaridagi vaziyat barqarorlashdi. Bu haqda Suriya Mudofaa vazirligi vakili Hasan Abdul G‘aniga tayanib, SANA xabar berdi.

Mudofaa vazirligi vakili hukumat kuchlari harbiy operatsiyani yakunlab, “oldingi tuzum qoldiq guruhlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi”, deya bayonot berdi.

“Biz ilgari belgilangan maqsadlarga erishish uchun boshlangan harbiy operatsiya yakunlanganini e’lon qilamiz. Davlat muassasalari o‘z faoliyatini qayta tikladi va xalqimizga zarur xizmatlarni taqdim etib, hayotni normal izga qaytarish va xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ishlashni davom ettirmoqda”, dedi Hasan Abdul G‘ani o‘z murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat kuchlari Bashar Asad tarafdorlarining tahdidini bartaraf etish uchun reja ishlab chiqqan.

Ash-Shara Suriyadagi to‘qnashuvlarni “kutilgan muammo” deb atadi north_east

Ash-Shara Suriyadagi to‘qnashuvlarni “kutilgan muammo” deb atadi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Suriyaning qirg‘oqbo‘yi hududlarida hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asadga mansub alaviylar qo‘zg‘oloni boshlangandi. Bu isyon xavfsizlik kuchlari bilan qurolli to‘qnashuvga aylandi. Hukumat kuchlariga qarshi kurashayotganlar orasida shimolda yashovchi kurdlar va janubiy hududlardagi druzlar ham bo‘lgan.

Suriya inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlar oqibatida 1 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Yuzlab tinch aholi vakillari esa Rossiyaning Xmeymim harbiy bazasiga boshpana izlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq Tartus Latakiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing