Ash-Shara Suriyadagi to‘qnashuvlarni “kutilgan muammo” deb atadi

Olam

image
Suriyada Asad tarafdorlari va yangi hukumat kuchlari o‘rtasida qonli janglar boshlandi north_east

Suriyada Asad tarafdorlari va yangi hukumat kuchlari o‘rtasida qonli janglar boshlandi

Suriyaning Latakiya viloyatida yuz bergan inqiroz “muvaffaqiyatli yengib o‘tildi”. Bu haqda Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy nomi bilan mashhur) bayonot berdi.

Ash-Shara mamlakatdagi so‘nggi voqealarni “kutilgan muammo” deb atadi. U “Suriya xalqi o‘rtasida birdamlik va fuqarolar tinchligini saqlash” zarurligini ta’kidladi.

Suriyaning rasmiy SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, avvalroq Bashar Asadning hokimiyatdan ag‘darilgan rejimi tarafdorlari SADCOP neft kompaniyasining Latakiyadagi ob’ektiga hujum qilgan. Suriya xavfsizlik kuchlariga ko‘ra, hujum qaytarilgan.

6 mart kuni Latakiyaning Jableh hududida rejim tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan hujumda Suriya xavfsizlik kuchlarining kamida 11 nafar xodimi halok bo‘ldi. Buning ortidan rasmiylar Latakiya va Tartus viloyatlariga yuzlab harbiy texnika, jumladan, tanklar, bronetransportyorlar va bir nechta raketa tizimlarini yubordi. Mintaqada ag‘darilgan rejim tarafdorlarini qo‘lga olish uchun operatsiya boshlangan. Operatsiya davomida kamida 50 nafar xavfsizlik kuchlari halok bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda qurolli guruhlar tomonidan mintaqada tinch aholiga ko‘plab hujumlar uyushtirilgani haqida xabarlar va kadrlar paydo bo‘ldi.

Suriya o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara Latakiya viloyatida armiya va hokimiyatdan ag‘darilgan Asad rejimi tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar fonida “milliy birlik va birdamlik”ni ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakatda hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad rejimining qolgan tarafdorlari “o‘zlari bilmagan yangi Suriyani sinab ko‘rishga harakat qilishgan”.

“Bugun ular Suriyani yana tan olishadi, uning sharqdan g‘arbga, shimoldan janubgacha birlashgan va yaxlit ekanligini ko‘rmoqda”, dedi Ash-Shara.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriyada yangi hokimiyat xavfsizlik kuchlari va sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni ming kishidan oshgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing