“Laskoviy may” guruhi asoschisi Sergey Kuznetsov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Kecha, 7 noyabr kuni “Laskoviy may” guruhining asoschisi va “Beliye rozi” qo‘shig‘i muallifi Sergey Kuznetsov 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda rus OAV xabar berdi.

Bu guruh muxlislari uchun kutilmagan xabar bo‘ldi deyish mumkin. Sababi Sergey Kuznetsov 4-5 noyabr kunlari Orsk va Orenburg shaharlarida ijodiy kecha uyishtirgan va “Laskoviy may” guruhining marhum yakkaxon ijrochisi Yuriy Shatunovni xotirlagan edi.

Xabarlarda qayd etilishicha, Sergey Kuznetsov yurak xuruji oqibatida vafot etgan. Ijodkorning yaqinlariga ko‘ra Kuznetsov uzoq yillardan buyon surunkali kasalliklardan aziyat chekib kelgan. Dafn marosimi esa 13 noyabr kuni Orenburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyun kuni “Laskoviy may” guruhining solisti Yuriy Shatunov yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi. 9 oktyabr kuni “Laskoviy may” guruhining musiqachisi Mixail Afanasev vafot etdi.

Shuningdek, 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida “Laskoviy may” bilan hamkorlik qilgan yana to‘rt nafar musiqachilarning ham allaqachon vafot etib ketgan. Ulardan – Mixail Suxomlinov 1993 yilda qotillik qurboni bo‘lgan, Arvid Yurgaytis 2004 yilda vafot etgan, Aleksey Burda 2012 yilda o‘lik holda topilgan, Igor Anisimov 2019 yilda pichoq bilan o‘ldirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sergey Kuznetsov 1964 yilning 6 yanvar kuni Orenburg viloyatining Mednogorsk shahrida tug‘ilgan. U armiyadan qaytgach, Orenburgdagi maktab internetida musiqiy to‘garakka rahbarlik qiladi va 18 yoshli Vyacheslav Ponomarev bilan birgalikda o‘smirlardan iborat “Laskoviy may” musiqiy guruhiga asos soladi. Yuriy Shatunovning guruh yakkaxoni bo‘lishi ham aynan Kuznetsovning tanlovi bo‘lgan va guruh 1986 yildan o‘zining ilk chiqishlarini boshlagan. Guruhning eng mashhur taronasi “Beliye rozi”ning musiqasi va matnini ham aynan Kuznetsov yozib beradi. Prodyusser Andrey Razin guruh a’zolarini Moskvaga taklif etishi ortidan 1989 yilning bahorida Sergey Andrey Razin “Laskoviy may” guruhidagi faoliyatini yakunlaydi. U keyingi yillarda bir nechta musiqiy loyihalarga ham boshchilik qilgan.

Ulug‘bek Xudoyberganov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing