Afsonaviy “Laskoviy may”ning yana bir a’zosi vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 9 oktyabr kuni “Laskoviy may” guruhining musiqachisi Mixail Afanasev vafot etdi. Bu haqda jamoa prodyusseri Andrey Razin o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

“Musiqachi Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida vafot etdi. Mixail jamoaning ajralmas bo‘lagi edi. Uni “Laskoviy may” guruhida juda yaxshi ko‘rishar va qadrlashar edi. U ishonchli va noyob inson edi”, deydi Razin.

Qayd etilishicha, Afanasev jamoaning barcha konsertlarida hamrohlik qilgan. U musiqachi sifatida “Laskoviy may” guruhiining ikki mingdan ziyod konsertlarida ishlagan. 

Ijodkorning o‘lim sababi ochiqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 23 iyun kuni “Laskoviy may” guruhining solisti Yuriy Shatunov yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi.

Shuningdek, bugun 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida “Laskoviy may” bilan hamkorlik qilgan yana to‘rt nafar musiqachilarning hech biri oramizda yo‘q. Mixail Suxomlinov 1993 yilda qotillik qurboni bo‘lgan, Arvid Yurgaytis 2004 yilda vafot etgan, Aleksey Burda 2012 yilda o‘lik holda topilgan, Igor Anisimov 2019 yilda pichoq bilan o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Laskovыy may Mixail Afanas'ev

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar