Rus estradasi yulduzi Yuriy Shatunov vafot etdi
Olam
−
23 iyun 2022
58027Bugun, 23 iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 1990-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi. Bu haqda “Zvezda” telekanali uning menejeriga tayanib, xabar berdi.
Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Xonanda Domodedovo shifoxonasiga olib ketilayotganda tez yordam mashinasida vafot etgan.
Yuriy Vasilevich Shatunov 1973 yil 6 sentyabr kuni tug‘ilgan.
Uning “Ti pomnish…”, “Vspomni may”, “Sedaya noch”, “Ne molchi…” “Ya veryu…” kabi bir qator albomlari chiqqan.
“Beliye rozi”, “Ne boysya”, “Zvyozdnaya noch”, “Zabud” va “Detstvo” kabi qo‘shiqlari esa juda katta mashhurlikka erishgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023