Rus estradasi yulduzi Yuriy Shatunov vafot etdi

Olam

image

Bugun, 23 iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 1990-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi. Bu haqda “Zvezda” telekanali uning menejeriga tayanib, xabar berdi.

Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Xonanda Domodedovo shifoxonasiga olib ketilayotganda tez yordam mashinasida vafot etgan.

Yuriy Vasilevich Shatunov 1973 yil 6 sentyabr kuni tug‘ilgan. 

Uning “Ti pomnish…”, “Vspomni may”, “Sedaya noch”, “Ne molchi…” “Ya veryu…” kabi bir qator albomlari chiqqan.

“Beliye rozi”, “Ne boysya”, “Zvyozdnaya noch”, “Zabud” va “Detstvo” kabi qo‘shiqlari esa juda katta mashhurlikka erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuriy Shatunov

Baholaganlar

4368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar