“Lasetti”ni olib qochganlar qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
10 aprel 2019 6281 1 daqiqa
Joriy yilning 7 aprel kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi S.Yo. ismli ayolning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 20-“A” dahada yashovchi R.F. va Uchtepa tumani 23-dahada yashovchi Sh.A.lar sodir etganliklari aniqlandi. Jinoyatchilar aynidamda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr