Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi mavzusi o‘zgardi. Eron va AQSH kun tartibiga kiritildi
Olam
−
08 yanvar 2020
12866Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 8 yanvar kuni Istanbul vaqti bilan soat 12:30 da Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etadilar.
Marosimdan so‘ng Prezidentlar o‘rtasida tor doiradagi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Protokolga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘an Suriya va Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishlari kerak edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eron va AQSH o‘rtasida keskin tus olayotgan vaziyat, Eronning Iroqdagi AQSH harbiy bazasiga amalga oshirgan hujumi va Ukraina samolyotining halokati uchrashuv kun tartibiga kiritilgan asosiy mavzular bo‘lmoqda.
Turk ommaviy axborot vositalarining ishonch bilan ta’kidlashicha, Prezidentlar o‘z bayonotida mutlaqo Eron va AQSH masalasiga to‘xtaladi.
LiveBarchasi