Las-Vegasdagi sportzalda otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
17 may 3527 1 daqiqa
AQSHning Las-Vegas shahridagi sport zalda ro‘y bergan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.
Las-Vegas politsiyasi kapitani Esmeralda Boveda Youtube’dagi videomurojaatida voqea kecha, 16 may kuni kunduzi sodir bo‘lganini aytdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, qurollangan erkak sport zalining eshigi oldida turgan. U binodan yugurib chiqib ketgan, biroq politsiya unga qarata o‘q uzgan va gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
“Tibbiyot xodimlari yetib kelib, gumonlanuvchini shifoxonaga olib ketishdi, u yerda u vafot etdi. Hodisa joyida – ushbu binoning ichida yana bir qurbonning jasadi topilgan. Uch nafar jarohatlangan shaxs shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda”, dedi Boveda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir jabrlanuvchi yengil jarohatlar bilan o‘zi mustaqil ravishda shifoxonaga murojaat qilgan. Politsiya hozircha hodisa yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarning Florida universitetida ommaviy otishma sodir bo‘lgandi. Mazkur otishma oqibatida kamida 6 kishi jarohatlangan, 5 kishi halok bo‘lgan. Qo‘lga olingan gumonlanuvchi 20 yoshli Feniks Ikner mahalliy sherif o‘rinbosari Jessika Iknerning o‘g‘li ekani aniqlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr