Laporta JCH-2030 finalini “Kamp Nou”da o‘tkazishni taklif qildi
Sport
−
11:00 282 1 daqiqa
“Barselona” prezidenti Joan Laporta 2030 yilgi Jahon chempionati finalini Kataloniya klubining uy stadioni – “Kamp Nou”da o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda Laporta “SER Catalunya” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Final Marokash yoki Madridda o‘tkazilmasligi kerak. U “Kamp Nou”da bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, Jahon chempionati finali avval “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan. Marokashga kelsak, final Ispaniyada bo‘lishi kerak, chunki ular so‘nggi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lishgan”, deydi Laporta.
Ma’lumot uchun, 2030 yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Final uchrashuvi uchun asosiy nomzodlar qatorida Madriddagi “Santyago Bernabeu” va Marokashdagi stadionlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2029 yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali “Kamp Nou” stadionida o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.
Live
Barchasi