“Kamp Nou” Chempionlar ligasi finalini qabul qiladi

Sport

image

“Barselona” jamoasining uy stadioni hisoblanadigan “Kamp Nou” 2029 yilgi Chempionlar ligasi finalini qabul qiladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

UEFA Ijroiya qo‘mitasi bugun, 15 sentyabr kuni Gretsiyaning Saloniki shahrida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda Yevropa klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa finallarini kelgusi yillarda qaysi stadionlar qabul qilishi masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Qarorga ko‘ra, Myunxendagi “Alyans Arena” 2028 yilgi, “Barselona”ning yangilanayotgan “Kamp Nou” stadioni esa 2029 yilgi Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladi.

“Kamp Nou”da hanuz ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda stadionning yuqori sektorlari va tom qismini yakunlash ishlari qolgan.

Shu tariqa, Chempionlar ligasi finali 1999 yildagi mashhur bahsdan 30 yil o‘tib yana “Kamp Nou”ga qaytadi. O‘sha finalda “Manchester Yunayted” “Bavariya”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, qo‘shimcha vaqtgacha 0:1 hisobida ortda borayotganiga qaramay, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

“Kamp Nou” va uning atrofidagi hududdagi qurilish ishlarini 2028 yilda to‘liq yakunlash rejalashtirilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng stadion sig‘imi taxminan 105 ming tomoshabinga yetkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2027 yilgi Chempionlar ligasi finali Madriddagi “Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing