Laporta Kumanning iste’fosi sababini ma’lum qildi

Sport

image

“Barselona” prezidenti Joan Laporta sobiq bosh murabbiy Ronald Kumanning istefosiga izoh berdi.

“Biz “Rayo” bilan o‘yindan so‘ng (0:1), Kumanni ishdan bo‘shatishga qaror qildik. Jamoani eng qiyin davrda boshqargani uchun murabbiydan minnatdormiz. U “Barsa” afsonasi, biz buni unutmaymiz. Ronald jamoamiz bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi, biroq qoniqarsiz natijalar tufayli vaziyat beqaror bo‘lib qoldi. Hozircha, La liga, Chempionlar ligasi va mamlakat kubogida imkoniyatlarimiz saqlanib qolgan”, deydi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” klubi Ronald Kumanni iste’foga chiqargani uchun unga 12 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La ligasining 11-turidan so‘ng, 15 ochko jamg‘argan “ko‘k-anorranglilar” turnir jadvalida 9 o‘rinda bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol La liga Ronal'd Kuman Joan Laporta

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing