Lalmi va yaylov maydonlarda pilla hamda jun klasterlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
23 mart 2023
3850O‘zbekistonning Oltinsoy, Sho‘rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G‘uzor, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Forish, Tuproqqal’a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlari tashkil qilinadi. Bu bo‘yicha topshiriq bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tegishli tashkilotlarga yuklatildi.
Yig‘ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o‘zlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Bu yerlar Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.
LiveBarchasi