La Ligada mavsum birinchi yarmining eng yaxshilari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
04 Yanvar 2024 4400 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining birinchi yarmidagi eng yaxshi besh futbolchi e’lon qilindi. Bu haqda “Football-espana” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real” hujumchisi Jud Bellingem kuchli beshlikda 1-o‘rinda qayd etildi. Ingliz futbolchisi yozda “qaymoqranglilar” a’zosiga aylandi va o‘zi uchun sarflangan summani ortig‘i bilan qopladi. Ispaniya chempionatining 17 ta uchrashuvida forvard 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, “Atletiko”dan Antuan Grizmann, Isko (“Real Betis”), Aleks Garsiya (“Jirona”) va Borxa Mayoral (“Xatafe”) kiritildi.
Ma’lumot uchun, 3 yanvar kuni Ispaniya La Ligasida 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Real” “Malorka” ustidan minimal g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr