La Liga Superligani tanqid qildi
Sport
−
22 dekabr 2023
2353Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi rahbariyati Yevropa Superligasi g‘oyasini tanqid qilib, bu bo‘yicha o‘z bayonotini e’lon qildi.
Yevropa sudi FIFA va UEFA'ning 2021 yilda yangi turnir tashkil qilishni taqiqlash bo‘yicha harakatlarini noqonuniy deb topdi.
“Bugun biz yana Superliganing xudbin va elitistik model ekanligini e’lon qilishga majburmiz. To‘liq ochiq bo‘lmagan, faqat ichki ligalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mumkin bo‘lgan har qanday mavsum yopiq format hisoblanadi”, deyiladi La Liga matbuot xizmati bayonotida.
Ayni damda Superligada faqat “Barselona” va “Real Madrid” o‘rin olgan, vaholanki, ro‘yxatga dastlab Yevropaning 12 ta top-klubi kiritilgandi. Hozirda har ikkala ispan jamoasini ham Yevropa Chempionlar ligasi yoki FIFA musobaqalaridan chetlab bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Superligasi Yevropa klublari ishtirok etishi kerak bo‘lgan yillik rejalashtirilgan futbol musobaqa loyihasi hisoblanadi. 2021 yilning aprel oyida ushbu turnirning tashkil etilishi mumkinligi haqidagi ko‘plab taxminlardan so‘ng klub rahbarlaridan Superliga tashkil etilgani haqidagi rasmiy tasdiq paydo bo‘ldi. Musobaqa dastavval o‘n ikkita klub tomonidan tashkil etilishi xabar bilindi va keyinroq yana uch klub musobaqa qo‘shilishi kutilgandi, biroq UEFA'ning sanksiyalaridan so‘ng, “Real” va “Barselona”dan tashqari barcha klublar Superligani tark etganini e’lon qildi.
LiveBarchasi