La Liga prezidentiga qarshi ish ochildi
Sport
−
22 noyabr 1186 2 daqiqa
Sport bo‘yicha ma’muriy sud (TAD) La Liga prezidenti Xaver Tebasga nisbatan “Barselona”ning “Kamp Nou” VIP-o‘rindiqlari bilan bog‘liq maxfiy moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun intizomiy ish ochdi. Bu haqda AS xabar berdi.
Shikoyat Sportda oshkoralik va demokratiya assotsiatsiyasi prezidenti Migel Anxel Galan tomonidan berilgan bo‘lib, ish hozir Sport bo‘yicha ma’muriy sud orqali ko‘rilmoqda. Agar TAD Tebasni qoidabuzarlikda aybdor deb topsa, u ikki oydan bir yilgacha vaqtincha diskvalifikatsiya yoki lavozimidan chetlatilishi mumkin.
Joriy yilning aprelida La Liga “Barselona” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganini, “Kamp Nou”dagi 475 VIP-o‘rindiqlar sotilishi natijasida 100 million yevroni hisoblarda vaqtida ko‘rsatmaganini e’lon qildi. Oradan besh kun o‘tib, “Barselona” Tebasni maxfiylikni buzganlikda ayblab, ma’lumotlarni oshkor qilishga ruxsat bermasligini da’vo qilgan. Shundan so‘ng, La Liga o‘z veb-saytida va boshqa rasmiy kanallardan bayonotni olib tashlagan edi.
Ispaniya milliy sport kengashi (CSD) tergov davomida “Barselona” moliyaviy ma’lumotlarining oshkor qilinishi potensial jiddiy qoidabuzarlik ekanligini aniqladi. Ushbu ma’lumotlar La Ligaga klub tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalariga muvofiq taqdim etilgan va maxfiy hisoblangan. Reglamentning 5-qoidasi bunday ma’lumotlarning oshkor qilinishini taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barselona Apellyatsiya sudi “Barselona” klubi prezidenti Joan Laportaga nisbatan 100 ming yevrolik firibgarlik ishi bo‘yicha tergov boshlashni buyurgan edi.
Live
Barchasi