Prezidentning qator hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
25 fevral 2019
4696O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchisini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ilgari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan.
Oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari esa endilikda muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ilgari bu tartib jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilgan.
Ho‘l meva-sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 100 foiz haqi oldindan xorijiy valyutada olingandan so‘ng eksport qilishga ruxsat berilishiga oid talab bekor qilindi.
Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga bo‘lgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.
LiveBarchasi