Lempard “Everton” murabbiyi etib tayinlandi
Sport
−
31 yanvar 2022 3010 1 daqiqa
Angliyaning “Everton” klubi rasmiy sayti Frenk Lempardning bosh murabbiy etib tayinlanganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra 43 yoshli mutaxassisning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Lempard Angliya kubogi 4-bosqichida “Brentford”ga qarshi o‘yinda jamoani maydonga boshlab tushadi. O‘yin joriy yilning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Lempard 2021 yilning yanvar oyidan beri ishsiz edi, u so‘nggi bor “Chelsi”dan haydalgan edi. “Aristokratlar”ning sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyatini Chempionshipda “Derbi Kaunti”da boshlagan. Frenk Angliya Premer ligasida bir marta oyning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan (2019 yil oktyabr).
Ma’lumot uchun, “Everton” 20 o‘yinda 19 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa peshqadami esa “Manchester Siti” (57 ochko) hisoblanadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr