Lempard “Chelsi”ning London derbisidagi mag‘lubiyati sababini aytdi

Sport

image

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 34-turida “Arsenal”dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytib o‘tdi.

“1-bo‘limda yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Buni o‘yin natijasi ham tasdiqlaydi. 2-bo‘lim ancha yaxshi o‘tdi. 2-bo‘limda jamoa sifatida yaxshiroq o‘ynadik. Salbiy natija qiyin qabul qilinadi, chunki hamma g‘alaba qozonishni xohlaydi”, deydi Lempard.

Eslatib o‘tamiz, kecha Angliya Premer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Arsenal” 3:1 hisobida “Chelsi”dan ustun keldi.

“Chelsi” hozirda APL turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa 33 uchrashuvdan 39 ochko jamg‘argan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal Frenk Lempard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing