Kvaratsxeliya tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

“Napoli” hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya Italiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Torino”ga (4:0) qarshi o‘yinda bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu haqda “Opta” statistik portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, gruziyalik futbolchi so‘nggi 17 yil ichida top-5 liga klublari ichida debyut mavsumidayoq 10 ta gol urgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

Oxirgi marta bunday natijaga “Verder”da o‘ynagan braziliyalik yarim himoyachi Diyego erishgandi. Bundesliganing 2006/2007 yilgi mavsumida futbolchi 13 ta gol urib, xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Kvaratsxeliya joriy mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 16 ta golga assistentlik qildi. U 2022 yilning yozida Batumining “Dinamo” klubidan “Napoli”ga ko‘chib o‘tgandi. Bungacha Kvaratseliya Qozonning “Rubin” va Moskvaning “Lokomotiv” klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Italiya chempionati Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made