Kuz mavsumida organizmga kerak bo‘ladigan vitaminlar aytildi
Salomatlik
−
15 Sentabr 2020
9562Beta-karotin (A vitamini) tanani mavsumiy kasalliklardan himoya qilishda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun kuzda, kasalliklar ko‘payganda, tarkibida A vitamini bor oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish kerak. Bu haqda diyetolog, allergolog-immunolog shifokor Marina Apletayeva ma’lumot berdi.
"Kuz davrida sariq, to‘q sariq rangdagi mahsulotlarni iste’mol qilishingiz kerak. Masalan, shaftoli, o‘rik, sariq olxo‘ri, qovoq, sabzi, qovun. Ushbu meva va sabzavotlar beta-karotinga boydir", dedi u.
Shifokorning tushuntirishicha, A vitamini yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalarini virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi asosiy vitamin hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzgi davrda organizmga kerak bo‘ladigan yana bir muhim element - bu S vitamini. U hujayralarni zararlanishdan saqlaydi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi