Kutilmagan natija: bokschi Fanat Qahramonov Olimpiadani texnik nokaut bilan boshladi

Sport

image

Boks bo‘yicha -75 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Fanat Qahramonov gruziyalik bokschi Giorgi Xarabadzega qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi. Gap shundaki, ikkinchi raundga kelib Xarabadze jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu vaqtgacha Fanat Qahramonov ochkolar bo‘yicha oldinda borayotgan edi.

Shu tariqa, Qahramonov nimchorak finalga yo‘l oldi. Endi u ikkinchi jangini qozog‘istonlik Abilxan Amankulga qarshi o‘tkazadi. Bunqa qadar ham ikki bokschi bir-biriga qarshi jang o‘tkazgan. 2020 yilning mart oyida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi turnirning chorak finalida Abilxan Amanqul g‘alaba qozongan.

Joriy yilning may oyida o‘tkazilgan Osiyo chempionatining finalida Amanqul boshqa bir o‘zbek bokschisi Saidjamshid Jafarovga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Fanat Qahramonov

Baholaganlar

717

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing