Qamalgani iddao qilingan bloger qayerdaligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 may 2020
19829Avvalroq, farg‘onalik bloger Usmonjon Qodirov Farg‘ona viloyati hokimligi rasmiylari bilan uchrashuvdan keyin 15 sutkaga qamab qo‘yilgani haqida mishmishlar tarqalgani xabar berganilgandi.
Ushbu xabarlar tarqalishi ortidan Usmonjon Qodirovning o‘zi audiomurojaat bilan chiqdi va ozodlikda ekanini ma’lum qildi. U yangi loyiha ustida ishlab, hamkasblari bilan studiyada bo‘lgani, shu sababdan ijtimoiy tarmoqlarga kirmaganini ma’lum qildi.
“Assalom alaykum qadrli obunachilar biz shu kunlarda internet foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilikni tayyorlash niyatidamiz. Ijodiy guruhimiz bilan bu ishlarni amalga oshirish uchun kirishib ketdik. Ish judayam ko‘pligi bois bir hafta davomida internetga kirishga imkon bo‘lmadi. Yo‘q bo‘lib qolganimizga xavotir olishgan ekan. Biz yaxshimiz, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Tez orada, albatta, yangiligimizni sizning e’tiboringizga taqdim etamiz”, deydi Qodirov.
Ma’lumot uchun, Usmonjon Qodirov o‘zi blogida Farg‘ona viloyatida zavod xodimlari o‘z vazifalaridan boshqa ishlarga jalb qilinayotganini yozib chiqqach, hokimlik rasmiylar u bilan uchrashgan. Hokimlikning holat bo‘yicha bergan izohida bloger masalani o‘rganmay, dalillarni tekshirmay turib yolg‘on axborot berganini tushunib yetgani aytilgan.
LiveBarchasi