Kutilgan yangilik: turk lirasi dollar va yevroga nisbatan birdan mustahkamlandi

Olam

image

Turkiyada Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning mamlakat iqtisodiyotining kelajagi haqidagi bayonotlaridan so‘ng milliy valyuta — turk lirasi dollar va yevroga nisbatan birdan mustahkamlandi. Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, dollar kursi liraga nisbatan pasayib, Amerika valyutasi birligi uchun 12,32 liraga yetdi.  

Kecha, 20 dekabr kuni savdolar davomida maksimal kurs bir dollar uchun 18,36 liragacha ko‘tarildi. Turk pul birligi 9 foiz qiymatini yo‘qotdi. Yevro kun davomida 20,68 lira bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda u 13,64 liragacha arzonlashdi. 

Mahalliy ekspertlar bunday to‘satdan o‘zgaruvchanlikni Erdo‘g‘anning mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat kun tartibi bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyingi bayonotlari bilan bog‘lamoqda. U bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun sharoitlarni saqlab qolishini aytgan. 

Erdo‘g‘anning fikricha, Markaziy bank tomonidan foiz stavkalarining yanada pasayishi “bir necha oy ichida inflyatsiyaning pasayishiga olib keladi”. Bundan tashqari, u aholining mamlakat moliya tizimida ishtirok etmaydigan 280 milliard dollarlik oltin jamg‘armasiga ega ekanligiga e’tibor qaratgan. 

Prezident bu oltinning iqtisodiyotga kirib kelishi va ishlashi uchun moliyaviy vositalar yaratishga va’da bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportchilar uchun forvard kursi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat Markaziy bankidan taqdim etiladi. 

Istanbul fond birjasi kecha, 20 dekabr kuni, savdolar yopilishiga ikki soat qolganda 7 foizga quladi. Avtomatik tizim kotirovkalar tushishini to‘xtatish uchun savdoni ikki marta to‘xtatdi. Natijada, asosiy birja yopilishigacha BIST100 indeksi atigi 1,35 foizni yo‘qotib, normal holatga qaytdi. 

Ma’lumot uchun, yil boshidan buyon turk lirasining dollarga nisbatan qadri 48 foizga pastlagan. Turkiyada milliy valyutaning dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi oqibatida mamlakatning yirik shaharlari Anqara va Istanbulda hukumat istefosini talab qilib xalq norozilik namoyishlari o‘tkazgan. Namoshiylar ortidan Istanbul politsiyasi 40 dan ortiq kishini hibsga olgan. 

Joriy yilning 16 dekabr kuni Turkiya milliy valyutasi – lira Markaziy bank stavkasining pasaytirilishi kutilayotganda AQSH dollariga nisbatan 3 foizga qadrsizlanib, tarixiy antirekord yangilandi va 1 dollar 15 liraga baholandi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro lira

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing