Turk lirasi rekord darajada qadrsizlandi
Olam
−
16 dekabr 2021 10777 1 daqiqa
Bugun, 16 dekabr kuni Turkiya milliy valyutasi – lira Markaziy bank stavkasining pasaytirilishi kutilayotganda AQSH dollariga nisbatan 3 foizga qadrsizlandi va tarixiy antirekord yangilanib, 1 dollar 15 liraga baholandi.
Valyuta savdosi 1 dollar uchun 14,79 liradan boshlandi va mahalliy vaqt bilan soat 9:10 holatiga ko‘ra, kurs tarixiy eng past ko‘rsatkichga – 15,29 liraga yetdi.
Mutaxassislar Turkiya milliy valyutasining qadrsizlanishini bugun Markaziy bank foiz stavkasining pasayishi kutilayotgani bilan bog‘lashmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning 13 dekabr kuni S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Turkiyaning uzoq muddatli kredit reytingi prognozini “B+” darajasiga tushirdi.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon turk lirasining dollarga nisbatan qadri 48 foizga pastlagan. Mutaxassislarga ko‘ra, mamlakatda yillik inflyatsiya darajasi 21,3 foizni tashkil qilmoqda. Ammo ba’zilar bu ko‘rsatkich noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlashmoqda. Muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi lideri Ekrem Imomo‘g‘li bir yil ichida Istanbulda narx-navo 50 foizga oshganini da’vo qilmoqda.
Turkiyada milliy valyutaning dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi oqibatida mamlakatning yirik shaharlari Anqara va Istanbulda hukumat istefosini talab qilib xalq norozilik namoyishlari o‘tkazgandi. Namoshiylar ortidan Istanbul politsiyasi 40 dan ortiq kishini hibsga olgan.
Shahlo Orziyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025