Kurtua uchun mavsum yakunlandi

Sport

image

“Real” klubining belgiyalik posboni Tibo Kurtua yangi jarohat oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klubning 19 mart kungi mashg‘ulotidan so‘ng darvozabonning o‘ng tizzasida jiddiy jarohat borligi aniqlangan. Endigina eski jarohatidan tuzalib, safga qaytayotgan belgiyalik posbon kuchli og‘riq bilan mashg‘ulotni tark etgan. 

Qayd etilishicha, u joriy mavsumda klub o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Uning tiklanishi uchun taxminan 2 oy kerak bo‘ladi.

Kurtua o‘zining so‘nggi rasmiy o‘yinini 17 iyun kuni – milliy terma jamoa safida o‘tkazdi. U “Real Madrid”ning oxirgi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushdi, biroq avgust oyida tizzasida jarohat olib, operatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing