Kurtua “Man Siti”ga qarshi jarohat bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finalida “Manchester Siti”ga qarshi javob o‘yinda (0:4) jarohat bilan harakatlangan. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya chempionati doirasidagi o‘tgan dam olish kuni bo‘lib o‘tgan “Xetafe” bilan o‘yinda Kurtuaning qo‘l suyaklarida yorilish paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, u Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kurtua “shaharliklar”ga qarshi o‘yinda to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.

“Real” va “Manchester Siti” jamoalarining birinchi o‘yini 1:1 hisobida yakunlangandi. Ikkinchisi 4:0 hisobida ingliz jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, “Manchester Siti” 2022/2023 yilgi mavsumda YeCHL finaliga chiqdi va Gvardiola shogirdlari finalda “Inter” bilan to‘qnash keladi. Turnirning hal qiluvchi o‘yini 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Tibo Kurtua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing