Kurskni himoya qilish uchun mahalliy aholi jalb qilinadi

Olam

image

Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlari egallab olgan hududlarda huquq-tartibotni saqlash uchun “Bars-Kursk” ko‘ngillilar otryadi tashkil etiladi.  Bu haqda Kurs gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. 

Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi tuzilma Kursk viloyati hududida qonun va tartibni saqlashda muhim bo‘g‘in bo‘ladi va otryadning asosiy vazifasi sakkizta ko‘chirilgan hududlarda, shuningdek, Kursk viloyatining boshqa hududlarida xavfsizlikni ta’minlash etib belgilangan.

“Shartnoma imzolagan ko‘ngillilar o‘qitiladi va qurollantiriladi. Otryad xodimlari armiya va aksilterror operatsiyasi shtab-kvartirasi bilan birgalikda fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishni muvofiqlashtirish uchun harakat qilishadi. Otryadda ishtirok etish uchun shartnoma joriy ish vaqtini saqlab qolgan holda olti oyga tuziladi”, deydi gubernator.

Ma’lum qilinishicha, otryadning vazifalari nafaqat xavfsizlikni ta’minlash, balki ushbu qiyin davrda qolgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chirilgan mahallalarning hayotini ta’minlashda ishtirok etishni ham o‘z ichiga oladi.      

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, urushda qatnashganlarga anneksiya qilingan Qrim yarimorolidan tekin yer uchastkalari berilishi e’lon qilingandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing