Kurskka KXDRdan birinchi harbiy xizmatchilar yetib keldi – Ukraina razvedkasi

Olam

image

KXDRdan avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan birinchi harbiy qismlar Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqda kecha, 24 oktyabr kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bir kun avval jangovar zonada KXDR askarini ko‘rishgan. Ularning mashg‘ulotlari Rossiya sharqida joylashgan beshta harbiy poligonda bo‘lib o‘tgan. Bular:

  1. Ussuriyskdagi "Baranovskiy",
  2. "Donguz" (Ulan-Ude),
  3. "Ekaterinoslavskiy" (Ekaterinoslavka),
  4. 248-chi ("Knyaz-Volkonskiy") va
  5. 249-chi (Sergeyevka)",

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uchta general Rossiyaga o‘tkazilgan. Ularni tayyorlash va moslashtirish uchun Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Evkurov mas’ul etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati avvalroq Shimoliy Koreya ilk harbiy guruhni tayyorgarlikdan o‘tish uchun Vladivostokka yuborganini xabar qilgan edi. Shuningdek, Pxenyan jami 12 ming kishilik to‘rtta brigadani Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga taqdim etishni rejalashtirayotgani aytilgandi. Bundan tashqari, maxsus bo‘linmalar hamda Rossiyaning Su-25 va MiG-29 samolyotlarini boshqaradigan uchuvchilar ham frontga yuborilishi mumkin. NATO ittifoqchilar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Biroq 21 oktyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi ishchi guruhi yig‘ilishida Shimoliy Koreyaning doimiy vakili Kim Song uning mamlakati o‘z askarlarini Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natgani haqidagi xabarlarni rad etib, bunday ma’lumotni “asossiz mish-mishlar” deb atadi.

Qayd etish joiz, kecha, 24 oktyabr kuni Rossiya Davlat Dumasi mamlakat Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasida joriy yilning iyun oyida Pxenyanda imzolangan ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlik shartnomasini bir ovozdan ratifikatsiya qildi. Hujjat de-fakto harbiy ittifoqni anglatadi. Xususan, ushbu kelishuvning 4-moddasida agar tomonlardan biri bir yoki bir nechta davlatning qurolli hujumi tufayli urush holatiga tushib qolsa, ikkinchisi zudlik bilan unga mavjud barcha vositalari bilan harbiy yordam ko‘rsatishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaning Rossiya hududidagi harbiylari haqidagi savolga javob berar ekan, KXDR bilan strategik hamkorlik shartnomasida harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi modda borligini eslatgandi. “The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, hujjatda KXDR harbiylarini Rossiya askarlari bilan mashg‘ulotlarga jo‘natish imkonini beruvchi maxfiy band bor.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Ukraina KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made