Kurskdagi janglar tufayli gaz narxi ko‘tarildi

Olam

image

Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatida joylashgan Sudja shahrining asosiy gaz tranzit nuqtasini egallab olgani haqidagi xabardan keyin 2024 yil uchun Yevropada gaz narxi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i narxining oshishi Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan Kursk viloyatidagi muhim tranzit nuqtasini egallab olgani haqidagi xabarlar bilan bog‘liq. Gazprom va Ukraina Mudofaa vazirligi holatga izoh berishdan bosh tortdi. Ukraina gaz transporti tizimi operatori mahalliy vaqt bilan soat 13:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab gaz oqimi odatdagidek davom etayotganini ma’lum qilgan.

Benchmark fyucherslari 5,8 foizga ko‘tarilib, bir megavatt-soatiga 38,79 yevroni tashkil etdi. Bu iyun oyi boshidagi oldingi kun ichidagi maksimal darajadan oshib ketdi. Rossiyaning norasmiy harbiy blogi “Ribar”ning yozishicha, ukrainalik harbiylar Rossiyaning chegaradagi Sudja shahri yaqinidagi gaz olish punktini egallab olgan. Rossiyaning davlat nazoratidagi “Gazprom” AJ, Ukraina Mudofaa vazirligi va qurolli kuchlar bosh shtabi izoh berishdan bosh tortgan.

Ukraina bilan chegarada janglar kuchayib borayotgani sababli savdogarlar tranzit punktidagi uzilishlar haqida ogohlantirmoqda. Rossiya gazini Yevropaga olib boradigan asosiy bo‘g‘inda oqimlarning har qanday to‘xtab qolishi narxlarning keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin, bu esa iste’molchilar va sanoatga ta’sir qiladi. Chunki Yevropa urush oqibatida yuzaga kelgan energiya inqirozidan o‘z tayanchlarini topishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasining 300 ga yaqin xodimi Kursk viloyatining Nikolayevo-Darino va Oleshnya aholi punktlari hududlarida Rossiya pozitsiyalariga hujum qilgani haqida xabar berilgandi. Hudud o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Kursk viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing