Kurskda Ukrainaning 10 mingga yaqin askari bo‘lishi mumkin – “Forbes”

Olam

image

Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlarining 10 mingga yaqin askari bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Forbes” yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, chegara zonasi bo‘ylab Rossiya qo‘shinlarining shimoliy guruhida 48 mingga yaqin askar bor, ammo ularning aksariyati Ukrainaning Volchansk shahrida bo‘lib, Kurskdagi jang hududidan taxminan 150 km uzoqlikda joylashgan. Ukraina qo‘shinlarining 22 va 88-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 80-havo hujumi brigadasi Kursk viloyatidagi janglarda qatnashmoqda.

Yirik to‘qnashuvlar Darino, Gogolevka, Melovoy, Nikolskiy aholi punktlari yaqinida hamda Kiyev ishchi kuchining salmoqli qismi to‘plangan Sudjaning g‘arbiy chekkalarida sodir bo‘lmoqda.

“Operatsiya natijasi rossiyalik qo‘shinlarning Kurskka ko‘chirilishi tezligi va Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarining katta yo‘qotishlar xavfi ostida qolib ketmasligiga bog‘liq. Rossiyada Kursk viloyatidagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tan olingan”, deyilgan xabarda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa mintaqada federal favqulodda holat e’lon qildi va dastlab to‘qnashuvlarni qo‘poruvchi guruh ishtirokidagi kichik hodisa sifatida baholadi. To‘qnashuvlar joriy yilning 5 avgustdan 6 avgustga o‘tar kechasi Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatini o‘qqa tuta boshlaganidan so‘ng Sudja shahri yaqinida keng ko‘lamli hujum boshlanganidan keyin yuzaga keldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kursk viloyatida ikki kundan beri janglar davom etmoqda. Ukraina kuchlarining mintaqaga kirib kelishi oqibatlarini bartaraf etish uchun mintaqada favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing