Kurskda temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlandi

Olam

image

Rossiyaning Kursk viloyatida xavfsizlik choralari doirasida temir-beton boshpanalar o‘rnatila boshlandi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksey Smirnov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, temir-betonlar gavjum joylarda, jumladan, 60 ta asosiy bekat yaqinida o‘rnatilgan. Shu kabi temir beton boshpanalarni Kurchatov va Jeleznogorsk shaharlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

“Mening ko‘rsatmalarim bo‘yicha Kursk shahar ma’muriyati beton modulli boshpanalarni gavjum joylarda joylashtirishning asosiy nuqtalarini aniqladi. Viloyat markazidagi asosiy avtobus bekat pavilonlarini temir-beton boshpana bilan jihozlashni rejalashtirganmiz. Shunga o‘xshash tadbirlar Jeleznogorskda o‘tkazilmoqda. 10 ta temir-beton boshpana o‘rnatish uchun joylar allaqachon aniqlangan. Ularning soni va joylashuv punktlari yaqin kunlarda e’lon qilinadi”, deydi gubernator.

Ma’lumot uchun, beton modulli boshpana bu temir-beton bloklardan yasalgan inshoot. Unga yong‘in, o‘q ta’sir qilmaydi. Bardoshli va iqtisodiy jihatdan boshqa qurilish materiallaridan tayyorlangan binolarga qaraganda arzonroqdir. Uning tarkibi beton va armaturani o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlarni Donbassdagi front chizig‘idan Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi uchinchi haftadan beri davom etayotgan Kursk viloyatiga o‘tkazmaslikka qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kursk temir-beton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing