Kurskda favqulodda holat joriy etildi
Olam
−
08 avgust
12926Rossiyaning Kursk viloyatida ikki kundan beri janglar davom etmoqda. Ukraina kuchlarining mintaqaga kirib kelishi oqibatlarini bartaraf etish uchun mintaqada favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara hududlarida murakkab operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.
Kecha, 7 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va FXX rahbari Aleksandr Bortnikov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Gerasimovning ma’lum qilishicha, “6 avgust kuni ertalab soat 5:30 da Ukraina Qurolli kuchlarining ming kishigacha bo‘lgan bo‘linmalari Kursk viloyatining Sudjanskiy tumani hududining bir qismini egallab olish maqsadida hujumga o‘tgan”.
Bosh shtab boshlig‘i Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk yo‘nalishi bo‘yicha Rossiyaga chuqur kirib borishi “to‘xtatilganini”, Rossiya harbiylari va chegara qo‘shinlari esa Rossiya-Ukraina chegarasiga qo‘shni hududlarda “dushmanni yo‘q qilishda davom etayotganini” aytdi.
Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 315 kishini tashkil etgan, ulardan 100 nafari halok bo‘lgan, 54 ta zirhli texnika, jumladan, yetti tank yo‘q qilingan.
“Operatsiya dushmanni yengish va davlat chegarasiga yetib borish bilan yakunlanadi”, deydi Valeriy Gerasimov.
Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida esa xabarlar yo‘q.
“Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatini o‘qqa tutishi chog‘ida 31 kishi, jumladan, olti nafar bola yaralangan”, deb xabar berdi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk viloyatidagi janglar oqibatida o‘nlab kishilar jarohatlangan. Aholi hududni tark etmoqda, biroq hukumatning markazlashgan evakuatsiya haqidagi bayonotlarini inkor etmoqda.
Oq uyning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Kursk viloyatidagi voqealar yuzasidan Kiyevdan tushuntirish olish niyatida. Vashington, shuningdek, hozirda Amerika harbiy texnikasi Kursk viloyatiga bostirib kirishda foydalanilgani ma’lum ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Oq uy AQSHning Rossiya hududida Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi