Kursi qimirlab qoldi: 200 dan ortiq kongressmen Trampga qarshi

Olam

image

AQSH Kongressining 200 dan ortiq a’zosi Kapitoliydagi tartibsizliklar ortidan AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning lavozimidan chetlatilishini yoqlamoqda. Bu haqda "NBC News" xabar bergan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining muddatidan oldin iste’foga chiqishini talab qilayotgan kongressmenlarning deyarli barchasi yoki Demokratlar partiyasi vakili yoki mustaqil. 

Illinoys shtati vakili Adam Kinzinger esa Trampning lavozimidan chetlatilishini qo‘llab-quvvatlovchi yagona respublikachi bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 68 nafar namoyishchi hibsga olindi.

Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing