Kurs: dollar va rubl arzonladi, yevro keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
02 mart 2020 13651 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 3 martdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9513 so‘m 84 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12 so‘m 44 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 10 489 so‘m 01 tiyinga baholanib, 159,66 so‘mga qimmatladi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6 so‘m 97 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 85 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
Barchasi“Chust oshi” ham patentlandi
11 iyun