Kurashchi Umid Esonov Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
01 oktabr 2023 7822 1 daqiqa
Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umid Esonov mamlakat hisobiga yana bir oltin medalni taqdim etdi.
- 81 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvon finalda qozog‘istonlik Bekadil Shaimberdenevdan ustun kelib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
U avvalroq afg‘onistonlik raqibini halol bahosi evaziga mag‘lub etgandi.
Shuningdek, qizlar bo‘yicha kurashchi Malika Qahhorova yarim finalda eronlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o‘yinlarini bronza medali bilan yakunladi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul