“Ko‘p odamni yo‘qotib qo‘yardik”. Prezident Buxorodagi ofatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan Qorako‘l va Olot tumanlarini tiklash uchun barcha turdagi yordam ko‘rsatiladi. Asosiysi odamlarning vahimaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miziyoyev Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

“Hech qanday zarar bo‘lmaydi. Eng katta narsa vahimaga tushmasdan, saranjom bo‘lib, odamlarimizni saqlashimiz kerak. Shuning uchun ehtiyot bo‘lib, o‘zimizning har kunlik ishimizda davom etishimiz kerak. Xudoga shukr. Xudoning o‘zi asragani – agar bu voqea kunduzi bo‘lganida, ko‘p odamni yo‘qotib qo‘yardik. Odamlar sarosimaga tushib qolardi. Kechasi odamlar ichkarida bo‘lgani uchun odam yo‘qotmadik.

Faqat fuqaro Ashurov — joyi jannatdan bo‘lsin — u ham elektr bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sabab vafot etgan; farzandi tirik”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident barcha yordamni ko‘rsatishini aytib, oqsoqollarni bardam bo‘lishga chaqirdi. Olot tumanida zarar ko‘rgan aholi xonadonlarini tiklash uchun ham yordam ko‘rsatilishini aytdi.

“Men hamma kuch, vosita va mablag‘larni beraman yangilanib olamiz. Qorako‘l tumanini yangi qilgan edik, Olotda ham mana shu eski shiferlar ketgani ulug‘ ayyom kunlarda sadaqa bo‘lsin. Hammasini yangilab beraman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, tabiiy ofat natijasida Buxoroda 31 kishi jabrlanib, bir kishi halok bo‘ldi. Bunan tashqari, ko‘plab ob’ektlarga va aholi xonadonlariga zarar yetdi. Shavkat Mirziyoyev vaziyat bilan shaxsan tanishish uchun Buxoroga borib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Buxoro

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing