Ko‘p miqdorda soliqlarni to‘lamaganlik holati aniqlandi

Jamiyat 2192
image

Poytaxtning Yunusobod tumanida juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lamaslik holati aniqlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.T.” MCHJ mansabdor shaxslari shu yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan import qilingan 61,1 milliard so‘mlik yuqori likvidli mahsulotlardan 44,9 milliard so‘mligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmasdan, shu yilning  ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha hisobotlardan yashirib, byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qariyb 9 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganliklari aniqlangan.

Korxona mansabdor shaxslariga, bir oy muddat ichida soliq to‘lovlarini byudjetga to‘lashi lozimligi tushuntirilib, 2019 yil 5 oktyabr kuni rasman ogohlantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 184- (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Akbarjon Abduraimov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 55
Reyting: 2.9
t
×