Kunduzgi uyqu uchun eng yaxshi vaqt aytildi
Bu qiziq
−
30 avgust 2020
37249Kunduzgi uyqu inson organizmida energiya tiklash uchun kerak. Bu haqda Biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxov “Vechernyaya Moskva” ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, kun davomida taxminan 20 daqiqa uxlash kifoya.
“Agar siz 20 daqiqadan ko‘proq uxlasangiz, uxlash chuqurlashadi. Undan butunlay chiqib ketish uchun vaqt kerak. Bunga “uyqu inersiyasi”deyiladi”, dedi shifokor.
Uning ta’kidlashicha, chuqur uyqudan keyin qayta tiklanish uchun 20 dan 40 daqiqagacha vaqt ketadi, bu esa ish jarayonida noqulaylik tug‘diradi.
“Agar ish vaqtingiz betartib bo‘lsa, bir soat uyqu kechgacha tetik bo‘lishga yetarli bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Doroxovning aytishicha, kunduzgi uyqu uchun eng yaxshi vaqt soat 13:00 dan 15:00 gacha.
"Bizning tanamiz shunday tuzilganki, bu vaqtda uyquchanlik tabiiy ravishda ortadi. Ammo soat 17 00 dan keyin bir soatdan ko‘proq uxlash maqsadga muvofiq emas, bu tunda yomon uyquga olib kelishi mumkin”, deya ogohlantirdi mutaxassis.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi