Kun tartibida: Tog‘li Qorabog‘. Pashinyan Moskvaga oshiqmoqda
Olam
−
06 iyul 2021
5342Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ertaga, 7 iyul kuni Moskvada Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan bilan uchrashadi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr hamda 2021 yil 11 yanvardagi Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi bayonotlari ijrosini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Ayniqsa, harbiy harakatlardan zarar ko‘rgan hududlar aholisiga yordam berish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mintaqadagi iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash ham muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Rossiya-Armaniston strategik sherikligi va ittifoqini rivojlantirishning dolzarb jihatlari, Yevroosiyo makonidagi integratsion birlashmalar doirasida o‘zaro aloqalarni kuchaytirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni Putin va Pashinyan telefon orqali gaplashgandi. O‘shanda ular Tog‘li Qorabog‘ hamda bundan keyingi shaxsiy aloqalar to‘g‘risida kelishib olgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro 2020 yil sentyabr oyi oxirida avj oldi va mintaqada faol janglar boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2020 yilning 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtadi, bir qator mintaqalar Baku nazorati ostiga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.
LiveBarchasi