Ko‘mir uchun ajratilgan 452 mln so‘mni “yeb yuborgan”lar ushlandi
3-sahifa
−
20 dekabr 2023
4947Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan kompaniyalar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, “U.E.” MCHJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 49 ta ob’ektni ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan 452,3 million so‘mni talon-toroj qilgan.
Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Shahrixon ko‘mir ombori mas’ul shaxslari aholiga imtiyozli narxda 612,3 tonna ko‘mir sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu ko‘mirni bozor narxida boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘onada aholi uchun ajratilgan 774 mln so‘mlik ko‘mir “joyini topib ketgandi”.
LiveBarchasi