Ko‘mir uchun ajratilgan pullarni “uxlatgan” MCHJ rahbari qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
26 Sentabr
3850Xorazmda ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ya.F.” MCHJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish mavsumida ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 301,1 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yo‘li bilan bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida 49 ta ob’ektni ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan 452,3 million so‘mni talon-toroj qilganlar ushlangan edi.
LiveBarchasi