Kulga aylangan Notr-Damni 5 yilda tiklab bo‘lmasligi ma’lum qilindi
Olam
−
09 iyun 2020
6034Notr-Dam jamg‘armasi vakili Kristof Russelot bugun, 9 iyun kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan bunday jadval tuzib berilgan bo‘lsa-da, ibodatxona 2024 yilgacha ochilmasligini ma’lum qildi.
"Agar biz butun struktura haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ko‘proq vaqt talab etadi", dedi Ruselo “BFM Paris” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning ishontirishicha, Notr-Dam qisman shu vaqtgacha "yetarli xavfsizlik shartlariga rioya qilgan holda" daromad olishiga ishontirdi. Xususan, e’lon qilingan sanaga qadar, ibodatxona xizmatlar qayta tiklanishi, sayyohlar unga kirishni boshlashlari mumkin.
O‘tgan yilgi yong‘in paytida jiddiy deformatsiyaga uchragan Notr-Dam ibodatxonasi ikkala qismini demontaj qilish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu ishlar butun yoz bo‘yi davom etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning 15 aprel kuni Parijdagi Notr-Dam de Pari ibodatxonasi yirik yong‘in oqibatida yonib ketdi. 15 soat alanga ichida qolgan ibodatxonaning tom qismi butunlay yonib ketgan edi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Notr-Dam besh yil ichida qayta tiklanishini ma’lum qilgan edi. Bu esa, o‘z navbatida, bunday ishlar uzoq davom etishiga ishonadigan ko‘plab fransuz me’morlari orasida hayratga sabab bo‘ldi.