Kuleba Ukraina Rossiya bilan muzokaralar stoliga qachon qaytishini aytdi

Olam

image

Kiyev Rossiya Federatsiyasining “jang maydonidagi mag‘lubiyati”dan keyingina Moskva bilan muzokaralarga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bugun, 18 iyul kuni “Forbes Ukraina” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Avval frontdagi vaziyatni o‘zgartiraylik, keyin gaplashamiz. Muzokaralar frontdagi vaziyat bilan bevosita bog‘liqligini hamma tushunadi. Men barcha sheriklarga oddiygina aytaman: Rossiya jang maydonidagi mag‘lubiyatdan keyin muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak. Aks holda, u yana ultimatumlar qo‘yadi”, deydi Kuleba. 

Uning qayd etishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu masala bo‘yicha prinsipial pozitsiyaga ega.  

“U muzokaralar bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi, ammo Rossiyaning tajovuzkor xatti-harakatlarini hisobga olsak, endi bunga hech qanday asos yo‘q. U muzokaralarga shama qilgan davlat rahbarlariga buni juda aniq aytdi. Ular ham bu haqda gapirishni to‘xtatdilar”, deydi vazir. 

Muzokaralar

3 iyul kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatlar harbiy harakatlar davom etishiga tayanib, “ukrainaliklarga tinchlik haqida o‘ylash yoki gapirishga, tinchlikni muhokama qilishga imkon bermayapti”, dedi. 

Rossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevraldan beri davom etmoqda. Belarusda bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin tomonlar videoaloqa orqali muloqotni davom ettirdilar. Mart oyi oxirida Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Aprel oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga bergan intervyusida Kiyev Turkiyadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlardan uzoqlashib, bu jarayonni boshi berk ko‘chaga olib kelganini aytgandi. Peskov shundan so‘ng Rossiya Ukrainaga kelishuvlar haqidagi hujjat loyihasini tushunarli tilda topshirgani va javob kutayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Moskva muzokaralarni muzlatish butunlay Kiyevning tashabbusi ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing