Ko‘ksaroyda Imomali Rahmon uchun faxriy qorovul saf tortdi
O‘zbekiston
−
02 Iyun 2022 11905 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2 iyun kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Ko‘ksaroy qarorgohida Tojikiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Imomali Rahmon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib o‘tdi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.











Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr